Sardor Rahmonov — “So‘g‘diyona” futbolchisi
Sardor Rahmonov “So‘g‘diyona” futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Jamoamiz "So‘g‘diyona" yozgi transfer oynasida tarkibini tajribali futbolchilar bilan kuchaytirishda davom etmoqda. Mahoratli va tajribali himoyachi Sardor Rahmonov bilan bir yarim yillik mehnat shartnomasi imzolandi!
Ma’lumot uchun: Sardor Rahmonov professional faoliyati davomida quyidagi jamoalarda o‘zini namoyon etgan:
"Mash’al"
"Lokomotiv"
"Neftchi"
"Buxoro"
OKMK
Shuningdek, Sardor Rahmonov O‘zbekistonning turli yosh toifalaridagi terma jamoalari — U19, U21 va U23 tarkibida ham ishtirok etgan.
“So‘g‘diyona” PFK nomidan Sardor Rahmonovga klubimizga xush kelibsiz deymiz! Unga omad va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!”, - deyiladi xabarda.