locale OZ

Samarqandning Dinamo klubi Galf Yunaytedni yirik hisobda mag‘lub etdi

«Dinamo» jamoasi Dubaydagi yig‘in doirasida bugun, 23 yanvar kuni ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini mahalliy jamoaga qarshi o‘tkazdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Samarqandning Dinamo klubi Galf Yunaytedni yirik hisobda mag‘lub etdi
photo: Dinamo fk

O‘rtoqlik o‘yini. «Dinamo» BAA klubini yirik hisobda mag‘lub etdi

«Dinamo» jamoasi Dubaydagi yig‘in doirasida bugun, 23 yanvar kuni ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini mahalliy jamoaga qarshi o‘tkazdi.

Birlashgan Arab Amirliklari birinchi divizioni vakili «Galf Yunayted»ga qarshi uchrashuvda murabbiylar bir qator o‘yinchilarni sinovdan o‘tkazishdi. Qator hujumlardan biri 28-daqiqada samarasini berdi – Sanjar Qodirqulovning uzatmasini Rasul Yo‘ldoshev golga aylantirdi.

Ikkinchi bo‘limda esa bir qator o‘zgarishlardan keyin tajriba o‘z so‘zini aytdi. Xislat Xalilov 46-daqiqada ikkinchi golni urgan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay Azizbek Amonov dublga erishdi. Yana bir golga esa Nurullo To‘xtasinov mualliflik qildi – 5:0.

Shu tariqa, «Dinamo» Dubaydagi ikkinchi o‘rtoqlik bahsida mahalliy jamoa ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi. Navbatdagi o‘yin – 25 yanvar kuni Moskvaning SSKA jamoasiga qarshi Abu-Dabida bo‘lib o‘tadi.

O‘rtoqlik o‘yini. 23 yanvar. Dubay
«Galf Yunayted» (Dubay, BAA) - «Dinamo» (Samarqand, O‘zbekiston) - 0:5 (0:1)
Gollar: Rasul Yo‘ldoshev 28, Xislat Xalilov 46, Azizbek Amonov 52, 69, Nurullo To‘xtasinov.
«Dinamo»: Ravshanbek Yagudin (Sarvar Karimov, 46), Mauro Brazil (Dramane Salou, 65), Jaloliddin Jumaboyev (Til Mavretich, 46), Ulug‘bek Abdullayev (Bahodir Nasimov. 82), Sanjar Qodirqulov, Oybek Hamroqulov (Nurullo To‘xtasinov, 38), Abdulahad Hoshimov (Kingli Sarfo, 35), Akbar Xudoyberdiyev (Behruzbek Obloqulov, 35, Mirjahon Mirahmadov 70), Bektemir Abdumannonov (Jahongir Abdusalomov, 46), Rasul Yo‘ldoshev (Xislat Xalilov, 46), Ulug‘bek Hoshimov (Azizbek Amanov, 46).

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting