Saidumarkhon Saidnurullayev \"Andijon\" futbolchisiga aylandi
Photo: Andijan PFK
“Andijon” “Paxtakor”ning yana bir tarbiyalanuvchisi Saidumarkhon Saidnurullayevni o‘z safiga qo‘shib oldi.
Ma'lumot uchun, Saidnurullayev 2005-yilning 13-aprel kuni Andijon viloyatida tavallud topgan. “Paxtakor” klubi tarbiyalanuvchisi 2023-yildan beri “Sherlar” tarkibida to‘p surib keladi.
Joriy yilgi mavsumning birinchi qismida futbolchi “Paxtakor” tarkibida bitta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgani va 1 ta golli pas uzatgani qayd etilgan.
“Saidumarkhon, "Andijon"ning ahil oilasiga xush kelibsan”, - deyiladi klub xabarida.
Bahrom Bobonov
Redaktor