locale OZ

Ronaldu klublar miqyosida 800 ta gol urgan tarixdagi ilk futbolchiga aylandi

Umuman olganda, 40 yoshli hujumchi hozirga qadar jami 949 ta golga mualliflik qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ronaldu klublar miqyosida 800 ta gol urgan tarixdagi ilk futbolchiga aylandi
FOTO: Getty Images
Saudiya Arabistoni Pro-ligasi
18.10.2025, Yak.
Al Nassr
5
Al-Fateh
1

Saudiya Pro ligasi 5-turidan oʻrin olgan «An Nasr» va «Al Fotih» oʻrtasidagi bahsda (5:1) riyodliklar hujumchisi Krishtianu Ronaldu klublar miqyosidagi 800-golini urdi. Shu tariqa, 40 yoshli forvard futbol tarixida bunday koʻrsatkich qayd etgan ilk futbolchiga aylandi.

Besh karra «Oltin to‘p» sohibi faoliyati davomida:

«Real Madrid» safida — 450 ta,

«Manchester Yunayted» safida — 145 ta,

«Yuventus» safida — 101 ta,

«An Nasr» safida — 99 ta,

«Sporting» safida — 5 ta gol urgan.

Umuman olganda, Ronaldu hozirga qadar klub va milliy jamoa safida jami 949 ta gol muallifiga aylangan.

Portugaliyalik forvardning «An Nasr» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga yetadi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 12 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting