locale OZ

Ronaldu kelajagi borasida bir qarorga keldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ronaldu kelajagi borasida bir qarorga keldi
Photo: Getty Images

“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘zining kelajak rejasi borasida aniq qarorga keldi. Bu haqda Nikolo Skira xabar berdi.

Portugaliyalik futbolchi butsalarini mixga ilish niyatida emas. U yana kamida ikki mavsum professional futbol o‘ynashni istamoqda.

Ronaldu keyingi haftalarda o‘zining keyingi klubi haqida qaror qabul qiladi. Unda bir nechta jamoalardan takliflar bor. Ammo hali yakuniy qarorni amalga oshirgani yo‘q.

40 yoshli hujumchining “An-Nasr” bilan amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni yakunlanadi. U 2023 yildan buyon ushbu klub tarkibida o‘ynab kelmoqda.

Transfermarkt portali Ronalduga 12 mln yevro baho bermoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting