Ronaldu faoliyatidagi 956-golini urdi
«An Nasr» hujumchisi «Al Ohdud»ga qarshi bahsda dubl qayd etdi.
FOTO: Getty Images
Saudiya Arabistoni Pro-ligasi
27.12.2025, Yak.
Al Nassr
3
Al-Okhdood
0
«An Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu professional faoliyatidagi 1300-o‘yinini o‘tkazdi va 955 hamda 956-gollarini kiritdi.
Portugaliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni chempionati 11-turida «An Nasr»ning «Al Ohdud»ni 3:0 hisobida mag‘lub etgan o‘yinida dubl amalga oshirdi.
Ronaldo to‘liq maydonda harakat qildi va gollarini 32-chi va 45+3-daqiqalarda kiritdi. Yana bir golni Ronalduning hamyurti Joau Feliks 90+4-daqiqada qayd etdi.
«AnbNasr» chempionatning dastlabki 10 turida mavjud 30 ochkodan 30 ochko to‘plab, turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. «Al Hilol» esa ikkinchi o‘rinda bo‘lib, ular 4 ochko ortda qolmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist