locale OZ

Ronaldu 950-goli haqida: «Yanada ko‘prog‘ini xohlayman»

40 yoshli portugaliyalik yulduz minglik dovonga yetishiga oz qoldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ronaldu 950-goli haqida: «Yanada ko‘prog‘ini xohlayman»
FOTO: Getty Images
Saudiya Arabistoni Pro-ligasi
25.10.2025, Yak.
Al Hazem
0
Al Nassr
2

«An Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Pro-ligasi 6-turida «Al Hazm»ga (2:0) qarshi oʻyindan keyin oʻz hissiyotlari bilan oʻrtoqlashdi. Ushbu bahsda 40 yoshli portugaliyalik yulduz professional faoliyatidagi 950-golini urdi.

«Jamoaga gʻalaba qozonishda yordam bera olganimdan va 950-golni urganimdan xursandman. Har doim yanada koʻprogʻini xohlayman!», — deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqda.

Maʼlumot uchun, Ronaldu klublar miqyosida 808 ta, Portugaliya milliy jamoasi safida esa 142 ta golga mualliflik qilgan.

Krishtianu joriy mavsum Saudiya Pro-ligasida 6 ta oʻyinda maydonga tushib, 6 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. Uning «An Nasr» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting