\"Roma\" Santuga ikki yillik shartnoma taklif qildi
Photo: Getty Images
"Roma" joriy mavsum yakunida jamoani tark etadigan Klaudio Ranerining o‘rniga yangi bosh murabbiy izlamoqda. Bu haqda Relevo xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu lavozimga asosiy da'vogarlaridan biri “Nottingem Forest” ustozi Nuno Espirito Santo hisoblanadi.
Rimliklar allaqachon mutaxassis bilan aloqada; unga ikki yillik shartnoma taklif qilingan. Bundan tashqari, “Roma” rahbariyati Italiya futbolida eng yuqori o‘rinlarni egallashi mumkin bo‘lgan ulkan loyiha qurishni va’da qilmoqda.
APL 37 turidan so‘ng “o‘rmonchilar” 65 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda. Rimliklar esa A Seriya turnir jadvalida 66 ochko to‘plagan holda 5-pog‘onani egallagan.