\"Roma\" muhim o'yinda \"Milan\"ni mag'lub qildi
Photo: gettyimages
Italiya A seriyasi
18.05.2025, Yak.
Roma
3
Milan
1
Italiya A seriyasining o'ttiz yettinchi turi doirasida Rimning “Roma” klubi o'z uyida Milanning “Milan” jamoasini qabul qildi.

Qiziqarli va keskin kurashlarga boy tarzda kechgan ushbu bahsda mezbonlar 3:1 hisobidagi muhim g'alabani qo'lga kiritdi. O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov uchrashuvda sakson to'rt daqiqa harakat qildi.

"Roma" bugungi qarama-qarshilikdan so'ng, klub bosh murabbiyi Klaudio Raneri bilan xayrlashdi. Muxlislar murabbiy uchun ajoyib perfosans tayyorladilar. "Milan"ga qarshi kechgan o‘yin Ranieri uchun A seriyadagi 500-o‘yin va klub boshqaruvidagi so‘nggi uy o‘yindir.

Italiya A seriyasi 37 tur
“Roma” 3:1 "Milan"
Gollar: Manchini 3, Feliks 39, Paredes 58, Kristante 87.
Ibrohim Jalolov
Redaktor