“Roma” hujumchisi “Zenit” taklifini rad etdi
FOTO: Getty Images
“Roma” hujumchisi Temmi Abraham Rossiyaning “Zenit” klubi taklifini rad etdi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Abraham faoliyatini Yevropaning kuchli beshlik chempionatlaridan davom ettirmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Temmi Abraham o'tgan mavsumni ijara asosida “Milan”da o'tkazdi. Bu davr ichida u jami 45 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist