locale OZ

“Roma” Eldor Shomurodov uchun qancha so'rayotgani ma'lum bo'ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Roma” Eldor Shomurodov uchun qancha so'rayotgani ma'lum bo'ldi
FOTO: Getty Images

O'zbekiston milliy terma jamoasi va Rimning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov yozgi transferlar vaqtida jamoasini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda Sky Sport nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “bo'rilar” Shomurodovning transferidan 7-8 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda. 29 yoshli futbolchimizning “Roma” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yozida yakuniga yetadi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Eldorga Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubi jiddiy qiziqish bildirayotgani va hamyurtimizga taklif yuborgani haqida xabar berilgandi.

Ma'lumot uchun, Shomurodov o'tgan mavsum barcha turnirlarda 37 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 5 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting