locale OZ

“Roma” Eldor Shomurodov bilan shartnomani uzaytiradi - Nikolo Skira

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Roma” Eldor Shomurodov bilan shartnomani uzaytiradi - Nikolo Skira
FOTO: Getty Images

Rimning “Roma” klubi Eldor Shomurodov bilan shartnomani 2027-yilga qadar uzaytiradi. Bu haqda jurnalist va insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “bo'rilar” hamyurtimizni o'tgan qishki transferlar vaqtida sotib yubormoqchi bo'lishgandi, biroq bosh Klaudio Ranyeri Shomurodovni jamoada saqlab qolishga qaror qilgandi.

Ma'lumot uchun, Eldor Shomurodov joriy mavsum barcha turnirlarda 32 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “Roma” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar amal qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting