«Roma» Dibalа bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Rimliklar 31 yoshli futbolchining faoliyati oxirigacha ularni tark etmasligini istashmoqda.
ФОТО: Getty images
"Roma" jamoasi hujumchi Paulo Dibalaga yangi bitim taklif etadi. Bu haqda RomaPress xabar berdi.
Argentinalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakunlanadi va rimliklar uni o‘zida saqlab qolmoqchi.
Rimliklar 31 yoshli futbolchining faoliyati tugaguniga qadar ularni tark etmasligini istashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Dibala "Roma"ga 2022 yilda kelib qo‘shilgan. U jamoa safida 116 o‘yinda maydonga tushib, 42 ta gol urgan.
Futbolchiga yozda “Chelsi” va “Liverpul” jamoalari ham qiziqish bildirgan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist