locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Rimni larzaga keltirgan Shomurodov “Yuventus”ga qarshi o'yindan so'ng nimalar dedi?

Futbol 07 apr 2025 da 06:12
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Журналист
Rimni larzaga keltirgan Shomurodov “Yuventus”ga qarshi o'yindan so'ng nimalar dedi?
FОТО: RomaPress

Italiya A Seriyasining 31-turidan o'rin olgan bahsda “Roma” o'z maydonida “Yuventus”ni qabul qildi va Eldor Shomurodovning goli evaziga mag'lubiyatdan qutulib qoldi - 1:1.

Uchrashuvdan so'ng Shomurodov DAZN nashriga intervyu berdi va o'yin borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Zaxiradan tushishimdan oldin Ranyeri mendan Dovbikka yordam berishimni so'radi. Ikkinchi bo'lim yaxshi boshlandi, afsuski, g'alaba qozona olmadik.

Yana bir gol urishim mumkin edi, lekin “Yuventus”ga qarshi bir ochko ham yomon natija emas. Gol urganimdan xursandman. Agar ikkita gol urganimda, yanada yaxshi bo'lardi.

Endi Rim derbisiga jiddiy tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Shu paytgacha nima qilgan bo'lsak, xuddi shunday davom etamiz. Eng muhimi, muxlislarni xursand qilib, kerakli natijaga erishishni xohlaymiz”, - deydi Shomurodov.

Ma'lumot uchun, “Roma” A Seriyaning 31-turidan so'ng 53 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida 7-o'rinda bormoqda. “Yuventus” esa 56 ochko bilan 5-o'rinni egallab turibdi.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting