locale OZ

Rasmiy. «An-Nasr» Kingsley Comanning transferini e'lon qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasmiy. «An-Nasr» Kingsley Comanning transferini e'lon qildi
Photo: Al-Nasr

Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi 29 yoshli hujumkor yarim himoyachi Kingsley Coman transferi haqida rasmiy e'lon berdi.

Avvalroq "Bavariya" futbolchini bonuslar bilan birga 35 million yevro evaziga sotishga kelishib olgani ma'lum bo'lgan edi.

Coman 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Uning mavsumlik maoshi 20–25 million yevroni tashkil qiladi.

Ma'lumot uchun, fransiyalik hujumchi Bundesliganing grand jamoasi safida 339 ta o'yinda maydonga tushib, 72 ta gol urgan va 71 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting