Rasman! “Yuventus” Nikola Svona bilan shartnomani uzaytirdi
FOTO: Getty Images
Italiyalik o'ng qanot himoyachisi Nikolo Svona “Yuventus” bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 22 yoshli futbolchining yangi shartnomasi 2030-yilning 30-iyuniga qadar amal qiladi.
Ma'lumot uchun, o'tgan mavsum Savona 37 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. U 2024-yilning avgust oyidan buyon Turin klubining asosiy jamoasida o'ynab kelmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist