locale OZ

Rasman! “Yuventus” joriy mavsum birorta ham o'yinda qatnashmagan futbolchi bilan shartnomani uzaytirdi

Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Rasman! “Yuventus” joriy mavsum birorta ham o'yinda qatnashmagan futbolchi bilan shartnomani uzaytirdi
FOTO: Getty Images

Turinning “Yuventus” klubi Arkadush Milik bilan shartnomani 2027-yilning iyun oyiga qadar uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o'tamiz, Milik turinliklar safida 2023-yildan buyon o'ynab kelmoqda. Polshalik futbolchi o'tgan yozda terma jamoadagi o'yinda tizzasidan olgan jarohati sabab joriy mavsum birorta ham o'yinda maydonga tushmadi.

Ma'lumot uchun, “Yuventus” ayni dam 62 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida 4-o'rinda bormoqda. Klub o'zining navbatdagi o'yinini 4-may kuni “Bolonya”ga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da start oladi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting