Rasman. Vanoli – «Fiorentina» bosh murabbiyi
Paolo klub bilan bir yillik shartnoma imzolagan.
Фото: Fiorentina
Paolo Vanoli “Fiorentina” bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
53 yoshli mutaxassis bunga qadar “Venezia”, “Torino” va Moskvaning “Spartak” jamoalarida ishlagan.
Qayd etilishicha, Vanoli klub bilan bir yillik shartnoma imzolagan.
Eslatib o‘tamiz, o‘n turdan so‘ng "Fiorentina" Italiya A Seriyasida bor-yo‘g‘i to‘rt ochko bilan turnir jadvalini yakunlab turibdi.
Florensiya klubi A Seriyaning keyingi turini “Jenoa”ga qarshi o‘tkazadi. Genuyaliklar ham yaqinda Daniele De Rossini bosh murabbiy sifatida e’lon qilgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist