locale OZ

Rasman! Superligada mart oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman! Superligada mart oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
FOTO: UZPFL

O'zPFL matbuot xizmati o'z sahifasida mart oyining eng yaxshilarini aniqladi.

Jumladan, OKMK klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o'tgan oy yakunlari va ovoz berish natijalariga ko'ra eng yaxshi murabbiy deb topildi.

Qosimov ushbu sovrin uchun kurashda Ilyos Zeytullayev (“Bunyodkor”), Vadim Abramov (“Dinamo”), Ulug'bek Baqoyev (“Buxoro”) va Hakim Fuzaylovdan (“Xorazm”) ustun keldi.

Ma'lumot uchun, Mirjalol Qosimov jamoasi mart oyida 3 ta o'yin o'tkazib, 3 ta g'alabaga erishdi. To'plar nisbati esa - 7:2.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting