locale OZ

Rasman! “Milan” ijaraga olgan futbolchilarining barchasini o'z jamoasiga qaytarib yubordi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman! “Milan” ijaraga olgan futbolchilarining barchasini o'z jamoasiga qaytarib yubordi
FOTO: Getty Images

Italiyaning “Milan” klubi jamoaning o'yinini kuchaytirish maqsadida olib kelingan barcha futbolchilarni ortga qaytarib yubordi. Bu haqda “rossonerilar” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Joau Feliks, Kayl Uoker va Rikkardo Sottilning ijara shartnomasi muddati yakunlangani sababli milanliklar bilan xayrlashishdi. Klub bu futbolchilarning birontasini tarkibda saqlab qolishni xohlamadi.

Eslatib o'tamiz, “Milan” o'tgan mavsum A Seriyada 63 ochko jamg'arib, turnirni sakkizinchi o'rinda yakunladi. Klub keyingi mavsum yevrokuboklarda ishtirok etmaydi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting