Rasman! Massimiliano Allegri “Milan” bosh murabbiyiga aylandi
FOTO: Getty Images
Italiyaning “Milan” klubi Massimiliano Allegri jamoa bosh murabbiyi lavozimini egallaganini e'lon qildi. Avvalroq “rossonerilar” mutaxassisga ikki yillik shartnoma taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Qayd etilishicha, Allegri har bir mavsum uchun 5 million yevro maosh oladi, shuningdek, bonus to'lovlari ham taqdim etiladi.
“Klub Massimiliano va uning xodimlarini samimiy qabul qiladi va omad tilaydi”, - deyiladi klub bayonotida.
Eslatib o'tamiz, Allegri 2010-yildan 2014-yilgacha ham “Milan” bosh murabbiyi sifatida ishlagan. Uning qo'l ostida jamoa 2010/2011-yilgi mavsumda Italiya chempioni bo'lgan va Italiya Superkubogini qo'lga kiritgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist