locale OZ

Rasman: Jorje Jezush «An-Nasr»ni tark etdi

Jezush chempionlikdan so‘ng jamoani tark etishini ma’lum qilgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Jorje Jezush «An-Nasr»ni tark etdi
ФОТО: Getty images

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu to‘p suradigan «An-Nasr» klubi bosh murabbiy Jorje Jezushning ketishini e’lon qildi.

«U chaqiruv bilan keldi... va bizni chempion sifatida tark etmoqda. Rahmat, Jezush, «An-Nasr» klubi uchun qilgan barcha ishlaring uchun... Sen doim «An-Nasr» muxlislarini sevadigan va ular tomonidan seviladigan inson bo‘lib qolasan», — deyiladi klubning X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida.

Avvalroq Jezush chempionlikdan so‘ng jamoani tark etishini ma’lum qilgandi. «An-Nasr» 86 ochko to‘plab, Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida birinchi o‘rinni egalladi. Ta’kidlash joizki, jamoa hujumchisi va sardori Krishtianu Ronaldu ilk bor Saudiya Arabistoni chempioni bo‘ldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting