locale OZ

Rasman! Jan Pyero Gasperini “Roma” bosh murabbiyiga aylandi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman! Jan Pyero Gasperini “Roma” bosh murabbiyiga aylandi
FОТО: RomaPress

Italiyalik mutaxassis Jan Pyero Gasperini rasman “Roma” murabbiyiga aylandi. Bu haqda “bo'rilar” matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko'ra, rimliklar 67 yoshli mutaxassis bilan 2028-yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolagan.

“Klubga xush kelibsiz, janob!”, - deyiladi “Roma” bayonotida.

Eslatib o'tamiz, Gasperini bundan avval “Atalanta”ni boshqargan edi. Uning qo'l ostida Bergamo klubi barcha turnirlarda 439 ta o'yin o'tkazib, 228 ta g'alaba, 101 ta durang va 110 ta mag'lubiyat qayd etgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting