locale OZ

Rasman: «Fiorentina» Stefano Piolini isteʼfoga chiqardi

Tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi kelishuv 2027 yilga qadar moʻljallangandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: «Fiorentina» Stefano Piolini isteʼfoga chiqardi
FOTO: Getty Images

Italiyaning «Fiorentina» klubi matbuot xizmati bosh murabbiy Stefano Pioli isteʼfoga chiqarilganini rasman eʼlon qildi. Bu haqda klubning rasmiy saytida xabar berildi.

«Stefano Pioli endi «Fiorentina» bosh murabbiyi emas. Bugun u iste'foga chiqarildi. Klub Pioli va uning murabbiylar shtabiga faoliyat davomida koʻrsatgan professionalligi uchun minnatdorlik bildiradi», — deyiladi klub bayonotida.

Eslatib oʻtamiz, Pioli 2025 yilning iyul oyidan buyon «Fiorentina»ni boshqarib kelayotgandi. Tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi kelishuv 2027 yilga qadar moʻljallangandi.

Ammo jamoa mavsumni muvaffaqiyatsiz boshladi. «Fiorentina» hozirda A Seriya turnir jadvalida 4 ochko bilan soʻnggi, ya'ni 20-o‘rinni egallab turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting