locale OZ

Rasman! Eldor Shomurodov “Roma”ning aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman! Eldor Shomurodov “Roma”ning aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi
FOTO: Getty Images

O'zbekiston milliy terma jamoasi va Rimning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov “bo'rilar”ning aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Ovoz berish yo'li bilan aniqlangan so'rovnomada Shomurodov Brayan Kristante, Obit Evan Ndika, Matias Soule va Mile Svilarni ortda qoldirdi.

Ma'lumot uchun, Eldor Shomurodov o'tgan oyda “Roma” safida jami 4 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o'tamiz, 29 yoshli hamyurtimiz fevral oyida ham Rim klubining eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting