Rasman: De Rossi — «Jenoa» bosh murabbiyi
Italiyalik mutaxassis yana A Seriyaga qaytdi.
FOTO: Getty Images
Italiyalik mutaxassis Daniele De Rossi «Jenoa» bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati rasman eʼlon qildi.
«Jenoa» Daniele De Rossining asosiy jamoa bosh murabbiyi sifatida tayinlanganini eʼlon qiladi. Yangi murabbiy futbolchilar bilan uchrashib, bugungi mashgʻulotni «Sinorini» sport markazida oʻtkazadi», — deyiladi klub bayonotida.
Eslatib oʻtamiz, De Rossining soʻnggi ish joyi Rimning «Roma» klubi hisoblanadi.
Maʼlumot uchun, «Jenoa» ayni dam A Seriya turnir jadvali 6 ochko bilan 18-o‘rinda bormoqda. Musobaqa yetakchisi 22 ochkoga ega «Napoli» hisoblanadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist