locale OZ

Rasman! Aleksandr Xomyakov iste'foga chiqarildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman! Aleksandr Xomyakov iste'foga chiqarildi
FOTO: UZPFL

“Andijon” klubi bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov iste'foga chiqarildi. Bu haqda “burgutlar” matbuot xizmati xabar berdi.

“Andijon” jamoasining oxirgi o'yinlardagi muvaffaqiyatsiz natijalaridan so'ng bosh murabbiy lavozimida ishlab kelgan Aleksandr Xomyakov iste'foga chiqdi.

Yangi bosh murabbiy tayinlangunga qadar jamoamizni vaqtincha Artyom Petrosyan boshqarib turadi.

Aleksandr Andreevichga jamoamizda olib borgan faoliyati uchun minnatdorchilik bildiramiz”, - deyiladi klub xabarida.

Eslatib o'tamiz, Aleksandr Xomyakov 2022-yilning dekabr oyidan buyon “Andijon”ni boshqarib kelayotgan edi. Klub hozirda Superliga turnir jadvalida 9 ochko bilan 11-o'rinda bormoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting