locale OZ

Rafinya Neymarning rekordiga yetib oldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rafinya Neymarning rekordiga yetib oldi
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning “Barselona” klubi vingeri Rafinya Yevropaning top-5 chempionatlarida braziliyalik futbolchilarning bir mavsumda davomidagi gol+pas tizimi bo'yicha Neymarga yetib oldi.

Rafinya joriy mavsum 30 ta gol urdi va 21 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Neymar esa 2015/2016-yilgi mavsumda 31 ta gol urgan va 20 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Shuningdek, Neymar 2017/2018-yilgi mavsumda PSJ safida o'ynab, 28 ta gol urgandi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirgandi.

Ma'lumot uchun, uchun Rafinya ushbu ko'rsatkich bo'yicha hamyurtini ortda qoldirishi mumkin. U mavsum yakuniga qadar kamida La Ligada 6 ta, Chempionlar Ligasida 2 ta va Ispaniya Kubogi finalida ham ishtirok etishi mumkin.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting