locale OZ

Rafinya: «Flik meni «Barselona»da qolishga koʻndirdi. Bu qarorimdan afsuslanmayman»

Braziliyalik hujumchi nima uchun Saudiya klublari taklifini rad etgani haqida gapirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rafinya: «Flik meni «Barselona»da qolishga koʻndirdi. Bu qarorimdan afsuslanmayman»
FOTO: Getty Images

«Barselona»ning qanot hujumchisi Rafinya Saudiya Arabistoniga transferi amalga oshmay qolganiga izoh berdi. Braziliyalik futbolchiga «Al Hilol» jiddiy qiziqish bildirgan edi, biroq u kataloniyaliklar safida qolishni tanlab, shartnomasini 2028 yilga qadar uzaytirdi.

«Men 15 yoshimdan beri futbol o'ynayman. Hayotimda yaxshi va yomon kunlar boʻlgan. Endi esa oʻzim va oilam haqida o'ylaydigan payt keldi, deb his qildim. Saudiyadan kelgan taklif meni hayratda qoldirdi — bu taklif mening, ota-onamning, o'g'limning va atrofimdagi koʻplab insonlarning hayotini o'zgartirib yuborardi.

Albatta, «Barselona»dan ketish haqida o'yladik. Balki hozir aynan shunday qaror qabul qilish uchun eng toʻgʻri vaqtdir, deb o'yladim. Ammo biz murabbiy — Hans-Diter Flik bilan gaplashdik: avval telefon orqali, soʻngra mavsumoldi yigʻin boshida yuzma-yuz suhbatlashdik. U meni qolishga koʻndirdi. Endi esa u shunday qilganidan xursandman», — dedi Rafinya.

Eslatib oʻtamiz, Rafinya oʻtgan mavsum barcha turnirlarda 57 ta oʻyinda maydonga tushib, 34 ta gol urdi va 25 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U «Barselona» bilan birgalikda Ispaniya chempioni boʻldi, shuningdek, mamlakat kubogi va Superkubogi ham qoʻlga kiritdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting