locale OZ

Rafael Balasanyan «Dinamo» U21 jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

«Dinamo» PFK rahbariyati 2026 yilgi mavsumda mahalliy yosh o‘yinchilarni tarbiyalash va ularni asosiy jamoaga tayyorlash masalasiga ham e’tiborni yanada oshirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rafael Balasanyan «Dinamo» U21 jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
photo: Dinamo fk

Rafael Balasanyan – «Dinamo» U21 jamoasi bosh murabbiyi

«Dinamo» PFK rahbariyati 2026 yilgi mavsumda mahalliy yosh o‘yinchilarni tarbiyalash va ularni asosiy jamoaga tayyorlash masalasiga ham e’tiborni yanada oshirmoqda.

Shu maqsadda samarqandlik mahalliy mutaxassis, «Dinamo» jamoasi sobiq himoyachisi Rafael Balasanyan «Dinamo» U21 jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. 2025 yilda «Dinamo»ning U19 jamoasini muvaffaqiyatli boshqargan mutaxassis 2026 yildan jamoamiz o‘rinbosarlarini yangi mavsumga tayyorlaydi. Balasanyan o‘tgan yillar davomida ham «Dinamo» klubi murabbiylar shtabida faoliyat yuritgan, shuningdek «Surxon» o‘rinbosarlari jamoasini boshqargan edi.

Yana bir mahalliy mutaxassis, «Dinamo» jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Umid Abdurahmonov U21 jamoasi yordamchi murabbiyi sifatidagi faoliyatini davom ettiradi. U o‘tgan yillarda ham Andrey Pyatnitskiyga assistent sifatida ishlagan edi.

Har ikki mutaxassisga yangi mavsumda omad va zafarlar tilab qolamiz! Ishonamizki, «Dinamo» U21 jamoasi asosiy jamoaga yangi iqtidorlarni kashf etishda davom etadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting