locale OZ

«Qo‘qon-1912» ilk transferini e'lon qildi

G‘ulomov qo‘qonliklar bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Qo‘qon-1912» ilk transferini e'lon qildi
Фото: Нефтчи ПФК

Katta maqsadlarni ko‘zlagan "Qo‘qon-1912" jamoasi yangi mavsum oldidan ilk transferini amalga oshirdi.

So‘nggi uch mavsumni "Neftchi"da o‘tkazgan, o‘tgan mavsumda O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan tajribali yarim himoyachi G‘ulomhaydar G‘ulomov qo‘qonliklar bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

G‘ulomhaydar G‘ulomov "Neftchi"dan tashqari "Lokomotiv", OKMK, "Sho‘rtan", "Mash’al", "Qizilqum" va "Bunyodkor" kabi jamoalarda ham to‘p surgan.

"Mahoratli yarim himoyachiga yangi mavsumda omad tilaymiz va jamoamiz bilan yuqori natijalarga erishishini xohlaymiz", — deyiladi klub xabarida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting