«Qo‘qon-1912» Abdug‘afur Haydarovni o‘z safiga qo‘shib oldi
Photo: Qo‘qon-1912 PFK
"Qo‘qon-1912" Abdug‘afur Haydarov bilan shartnoma imzoladi.
"Qo‘qon-1912" jamoasi Superliganing ikkinchi davrasiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish bilan birga tarkibni kuchaytirish ustida ham ish olib bormoqda.
Jamoa o‘tgan mavsum Superliganing eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lgan Abdug‘afur Haydarov bilan shartnoma imzoladi. Yosh iste’dod sohibi "Surxon"dan ijaraga olindi.
Abdug‘afur O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi a’zosi hisoblanadi.
Abdug‘afur Haydarov
Ampluasi: Hujumchi
Tug‘ilgan sanasi: 16.02.2005
To‘p surgan jamoalari: "Olimpik Mobiuz", "Surxon"
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist