locale OZ

\"Qizilqum\" - \"Paxtakor\" jamoalarning o'zaro o'yinlar tarixi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Qizilqum" - "Paxtakor" jamoalarning o'zaro o'yinlar tarixi
PHOTO: Telegram
O‘zbekiston Superligasi
18.05.2025, Yak.
Qizilqum
0
Paxtakor Toshkent
3

"Sherlar" Superliganing 10-turida Navoiyda "Qizilqum" mehmoni bo‘lishadi.

Chempionat doirasida jamoalar 50 uchrashuvda maydonga tushishgan. O‘zaro o‘yinlar bo‘yicha ustunlik yaqqol jamoamiz tarafida. 41 bahsda zafar quchgan "Paxtakor" 7 bor raqib bilan durang o‘ynagan va 2 marta imkoniyatni boy bergan. "Qizilqum" darvozasiga 137 gol urilib, 32 to‘p o‘tkazib yuborilgan.

Navoiydagi 25 uchrashuvda 20 g‘alaba, 4 durang va 1 mag‘lubiyat kuzatilgan. Safardagi 8 uchrashuvda jamoamiz yirik hisobda zafar quchgan.

Bu jamoalarning 2007 yil Navoiyda o‘tgan bellashuvida O‘zbekiston oliy ligasi tarixidagi eng yirik natija qayd etilgan. O‘shanda "Sherlar" mezbonlar ustidan 11:0 hisobida zafar quchishgan.

"Qizilqum" va "Paxtakor" o‘rtasidagi uchrashuv 18 may, yakshanba kuni soat 21:00da Navoiydagi "Yoshlar" stadionida boshlanadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting