locale OZ

«Qizilqum» o‘z maydonida «Nasaf»ni mag'lub qildi

O‘zbekiston Superligasining 19-turida «Qizilqum» o‘z maydonida «Nasaf»ni qabul qildi.
«Qizilqum» o‘z maydonida «Nasaf»ni mag'lub qildi
photo: Nasaf fk
O‘zbekiston Superligasi
26.08.2026, Yak.
Qizilqum
1
Nasaf Qarshi
0

O‘zbekiston Superligasining 19-turida «Qizilqum» o‘z maydonida «Nasaf»ni qabul qildi. Bellashuv mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Bahsdagi yagona gol 43-daqiqada kiritildi. Nodirxon Nematxonov raqib darvozasini ishg‘ol qilib, «Qizilqum»ga muhim uch ochkoni taqdim etdi.

Ushbu natijadan so‘ng «Qizilqum» ochkolari sonini 23 taga yetkazib, 11-o‘rinni egalladi. «Nasaf» esa 25 ochko bilan 9-o‘rinda qoldi.

Superliga. 19-tur
Qizilqum - Nasaf 1:0
Gollar:
Nematxonov 43
Ogohlantirishlar: Zafarmurod Abdurahmatov 42, Nodirxon Nematxonov 50, Abbos G‘ulomov 55, Jamshid Saidov 73

Qizilqum: Farhod Rahmatov, Nodirxon Nematxonov, G‘iyosjon Rizaqulov, Nikola Kumburovich, Ruslan Roziyev (Grigol Chabradze, 76), Otabek Jo‘raqo‘ziyev, Shahzod Rahmatullayev, Fayzullobek Jumanqo‘ziyev (Islom Kenjaboyev, 76), Diyor Rahmatilloyev, Shahzod Turopov (Roman Papariga, 65), Jambuli Jigauri (Samandar Shukurullayev, 77).
Nasaf: Abduvohid Ne’matov, Akromjon Komilov (Dilshod Murtazoyev, 57), G‘olib G‘aybullayev, Umarbek Eshmurodov, Murodbek Rahmatov (Abbos G‘ulomov, 46), Paata Gudushauri (Adenis Shala, 57), Zafarmurod Abdurahmatov, Bekjon Rahmatov (Yashnar Berdirahmonov, 77), Sharof Muhiddinov (Sardorbek Bahromov, 46), Bobur Abduholiqov, Yusuf Otubanjo.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting