locale OZ

«Qizilqum» Asror G‘ofurov bilan shartnoma imzoladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Qizilqum» Asror G‘ofurov bilan shartnoma imzoladi
Photo: Qizilqum PFK

Yozgi transfer oynasining so‘nggi kunlarida Superliga jamoalari faoliyatni qo‘ldan boy bermayapti.

Navoiyning "Qizilqum" klubi tajribali yarim himoyachi Asror G‘ofurovni o‘z safiga qo‘shib oldi. Surxondaryolik futbolchi klub bilan yarim yillik shartnoma imzoladi.

Ma’lumot uchun, Asror G‘ofurov 2024 yilning ikkinchi davrasida "oltin izlovchilar" safida harakat qilgan edi.

U faoliyati davomida "Bashundhara" (Bangladesh), "Surxon" (Termiz), "Saif" (Bangladesh), "Andijon" (Andijon), "Izelspor" (Turkiya), "Manisaspor" (Turkiya), "Gebzespor" (Turkiya), "Paxtakor" (Toshkent) jamoalarida to‘p surgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting