locale OZ

Qatar darvozasiga supergol urgan To‘rğunboev “Neftchi”ga qaytishi mumkin

“Sivasspor”ni tark etayotgan yarim himoyachi milliy chempionatda doimiy o‘yin amaliyotini qidirmoqda
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Aziz To‘rğunboev tez orada o‘z faoliyatini yana mamlakat chempionatida davom ettirishi mumkin. Xususan, Farg‘onaning mashhur “Neftchi” klubi futbolchini jamoa safini mustahkamlash uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Azizning Turkiyaning “Sivasspor” klubi bilan tuzgan shartnomasi yakunlanmoqda. Shu bilan birga, jamoaning Turkiya Superligasini tark etgani ham uning qarorini o‘zgartirishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Futbol mutaxassislari To‘rğunboevning O‘zbekiston chempionatiga qaytishi uning muntazam o‘yin amaliyoti olishi hamda 2026 yilgi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rishi uchun qulay imkoniyat bo‘lishini ta’kidlamoqda.

Shu bilan birga, “Neftchi” seleksiya xizmati yana bir markaziy himoyachi — Rustam Ashurmatovni ham jamoaga olib kelish masalasini o‘rganmoqda. Unga hozircha Qozonning “Rubin” klubi egalik qilmoqda. Mutaxassislar fikricha, Ashurmatov uchun jamoa o‘zgarishi uning doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi va yanada rivojlanishiga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, “Neftchi” — O‘zbekistonning eng qadimiy va zafarli klublaridan biri bo‘lib, 1962 yilda tashkil etilgan va mamlakat mustaqilligi davrida 5 marta chempionlikni qo‘lga kiritgan. Klub hozirda yangi maqsadlar yo‘lida jamoa tarkibini jiddiy kuchaytirishga bel bog‘lagan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting