Qahramon Aslanov: Husanovning qaydnomadan chetda qolishi men uchun tushunarsiz
Manchester Siti APL 10-turi doirasida Bormuntga qarshi o'yin uchun tarkibini e'lon qildi. O'zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov o'yin qaydnomasidan o'rin olmadi. Jurnalist Qahramon Aslanov Husanovning yo'qligi haqida munosabat bildirdi.
"Abduqodir Husanovning qaydnomadan chetda qolishi men uchun tushunarsiz, balki sport formasi bilan bog‘liq keskin sabab bo‘lishi mumkin.
Chunki «Bormunt» hujumchisi Antoin Semenio APL bu mavsumida eng yaxshilardan biri, gol+pas bo‘yicha (6+3) faqat Xolanddan orqada xolos. U tezkorligi bilan ham ajralib turadi va muhimi, chap qanotda o‘ynaydi. Ya’ni Abduqodir Husanov pozitsiyasiga qarshi. Raqibning eng xavfli futbolchisini to‘xtatish uchun Husanov yaxshi qurol bo‘lardi.
«Suonsi»ga qarshi o‘yinda Husanovning birdaniga asosiyga tashlanishi va zaxiraga olinishining zamirida «Bornmut»gacha uni tayyorlash yotibdi, deb tushungandim. Boshqa sabab bor shekilli",-dedi mutaxassis.