Foden APLda 200 ta oʻyin oʻtkazgan eng yosh ikkinchi futbolchiga aylandi
«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Fil Foden APLning 10-turidan oʻrin olgan «Bornmut»ga qarshi uchrashuvda (25 yosh 158 kunligida) Premyer-ligadagi 200-o‘yinini oʻtkazdi.
Squawka maʼlumotlariga koʻra, Foden 2000 yil yoki undan keyin tugʻilgan futbolchilar orasida APLda 200 oʻyin oʻtkazgan ikkinchi futbolchiga aylandi. Birinchisi — «Arsenal» futbolchisi Bukayo Saka.
Bundan tashqari, Foden «Manchester Siti» tarixida bu koʻrsatkichga erishgan eng yosh futbolchi sifatida klub rekordini yangiladi. Avvalgi rekord Rahim Sterlingga tegishli edi — u 26 yoshu 284 kunligida 200-o‘yinga chiqqandi.
Maʼlumot uchun, Foden joriy mavsum barcha turnirlarda 12 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 80 million yevroga baholanmoqda.