locale OZ

APL. «Man Siti» oʻz maydonida «Bornmut»ni magʻlub etib, ikkinchi oʻringa koʻtarildi

Abduqodir Husanov uchrashuv qaydnomasiga kiritilmadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. «Man Siti» oʻz maydonida «Bornmut»ni magʻlub etib, ikkinchi oʻringa koʻtarildi
FOTO: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
02.11.2025, Yak.
Manchester Siti
3
Bornmut
1

Angliya Premyer-ligasining 10-turidan oʻrin olgan bahsda «Manchester Siti» oʻz maydonida «Bornmut»ni qabul qilib, 3:1 hisobida gʻalaba qozondi.

Uchrashuvda «shaharliklar» safidan Erling Holand dubl qayd etgan boʻlsa, Niko O'Rayli ham oʻz nomini tabloga yozdirib qoʻydi. Mehmonlar safida esa Teyler Adams jamoasining yagona javob to‘pini kiritdi.

Shu tariqa, «Manchester Siti» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 19 taga yetkazib, turnir jadvalida ikkinchi oʻringa koʻtarilib oldi. «Bornmut» esa 18 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.

APL. 10-tur

«Man Siti» — «Bornmut» 3:1

Gollar: Holand (17, 33), O'Rayli (60) — Adams (25).

Manchester Siti — Donnarumma, Nunesh, Diash, Gvardiol, O'Rayli, Niko, Silva (Rodri, 90), Foden (Ait-Nuri, 90), Sherki (Reynders, 73), Doku (Savinio, 73), Holand (Marmush, 82).

Bornmut — Petrovich, Ximenes (Kuk, 62), Senesi, Diakite, Truffer, Adams (Doak, 80), Skott (Kristi, 73), Bruks (Klyuyvert, 62), Taverniye, Semenyo, Krupi (Evanilson, 62).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting