locale OZ

Prevyu. «So‘g‘diyona» - «Surxon»

Ushbu o‘yin bugun bo‘lib o‘tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Prevyu. "So‘g‘diyona" - "Surxon"
Фото: Сўғдиёна ПФК

Superliganing 25-turi doirasida "So‘g‘diyona" va "Surxon" jamoalari to‘qnash keladi.

Jizzaxning "So‘g‘diyona"si turnir jadvalida "Surxon"dan atigi 3 ochkoga oldinda turibdi. Bu degani, agar "Surxon" g‘alaba qozonsa, nafaqat raqibni quvib yetadi, balki o‘zaro o‘yinlar hisobiga "So‘g‘diyona"ni ortda qoldirishi ham mumkin.

Umuman olganda, jizzaxliklar hujumkor futbol namoyish etishadi. Jamoa turli taktik sxemalardan foydalanadi, ammo eng ko‘p qo‘llaniladigani — 4-3-3 tizimi. "So‘g‘diyona" Superliga turnir jadvalida 9-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa 7 marta g‘alaba qozongan, 7 marta durang o‘ynagan va 10 marta mag‘lub bo‘lgan. To‘plar farqi — 30:30. Jamoaning bosh murabbiyi — o‘tishda tanilgan futbolchi, Chernogoriyalik Ivan Boskovich.

O‘zaro uchrashuvlar tarixi

"So‘g‘diyona"ning oxirgi 5ta uchrashuvi:

05.10.25. Superliga, 24-tur: "Sho‘rtan" — "So‘g‘diyona" 1:2 (Shohrux Abdurahmonov, Sardor Rahmonov)
30.09.25. Superliga, 23-tur: "So‘g‘diyona" — "Neftchi" 0:1
25.09.25. O‘zbekiston kubogi, yarim final: "Buxoro" — "So‘g‘diyona" 3:2, qo‘shimcha vaqt — 1:0. (Jasur Jaloliddinov, Filip Ivanovich)
21.09.25. Superliga, 22-tur: "Andijon" — "So‘g‘diyona" 2:2 (Samandar Mavlonqulov, Lupche Dorieev)
12.09.25. Superliga, 21-tur: "So‘g‘diyona" — "OKMK" 4:1 (Lupche Dorieev — 2, Shohrux Abdurahmonov, Samandar Mavlonqulov)

"Surxon"ning oxirgi 5ta uchrashuvi:

11.10.25. Nazorat uchrashuvi: "Surxon" — "Lokomotiv" 4:2 (Rustam Turdimurodov — 2, Muhammad-Ali Abdurahmonov, Komron Yusupov)
04.10.25. Superliga, 24-tur: "Surxon" — "Dinamo" 0:2
29.09.25. Superliga, 23-tur: "Paxtakor" — "Surxon" 1:0
18.09.25. Superliga, 22-tur: "Surxon" — "Mash'al" 0:0
12.09.25. Superliga, 21-tur: "Navbahor" — "Surxon" 0:0
05.09.25. Nazorat uchrashuvi: "Surxon" — "Xorazm" 1:0 (Muhammad-Ali Abdurahmonov.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting