locale OZ

Prev'yu. «Paxtakor» - «Qizilqum»

Ushbu bellashuv 19 oktyabr, yakshanba kuni soat 16:00da "Jar" stadionida boshlanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Prev'yu. "Paxtakor" - "Qizilqum"
Фото: Пахтакор ПФК

"Sherlar" Superliganing 25-turida "Qizilqum"ni qabul qiladi.

Chempionat doirasida jamoalar 51 uchrashuvda maydonga tushishgan. O‘zaro o‘yinlarda ustunlik jamoamiz tomonida. 42 bahsda g‘alaba qozongan "Paxtakor" 7 marta durang o‘ynagan va 2 bor imkoniyatni boy bergan. "Qizilqum" darvozasiga 140 gol urilib, 32 to‘p o‘tkazilgan.

Toshkentdagi o‘yinlarning 21 tasida jamoamiz g‘alaba qozonib, 3 durang va 1 mag‘lubiyatni qayd etgan. O‘z maydonida "Paxtakor" 8 marta ushbu raqibni yirik natija bilan mag‘lub etgan. 2007 yili Navoiyda o‘tgan bellashuvda "Sherlar" mezbonlar ustidan 11:0 hisobida g‘alaba qozongan. O‘shanda "Paxtakor" hozirgacha chempionatdagi eng yirik g‘alabani qo‘lga kiritgan.

Bahsni jamoamizdan Umar Adhamzoda diskvalifikatsiya tufayli o‘tkazib yuboradi.

"Paxtakor" va "Qizilqum" jamoalari o‘rtasidagi bellashuv 19 oktyabr, yakshanba kuni soat 16:00da "Jar" stadionida boshlanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting