locale OZ

Prev'yu. \"Paxtakor\" - \"Navbahor\".

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Prev'yu. "Paxtakor" - "Navbahor".
Photo: Navbakhor PFK

Superliga 15-tur markaziy o‘yinida "Paxtakor" Toshkentda "Navbahor"ni qabul qiladi.

Ushbu klublar chempionatlar doirasida barcha mavsumlarda ishtirok etib kelmoqda. Yuqori ligada eng ko‘p to‘qnashuvlar aynan shu ikki klub o‘rtasida kuzatilgan.

Hozirgacha jamoalar chempionatlarda 68 marta maydonga tushishgan. O‘zaro o‘yinlar bo‘yicha ustunlik aniq "Sherlar" tomonida. 41 o‘yinda zafar quchgan "Paxtakor" 13 bor durang o‘ynagan va 14 marta imkoniyatni boy bergan. "Navbahor" darvozasiga 111 ta gol urilgan, 56 ta gol o‘tkazib yuborilgan. 9 o‘yinda "Sherlar" yirik hisobda ustun kelishgan. Toshkentdagi uchrashuvlarning 27 tasida jamoamiz g‘alaba qozongan, 6 durang va 1 mag‘lubiyat qayd etilgan. “Paxtakor” o‘z maydonida oxirgi 28 o‘yinda 24 g‘alaba va 4 durangga erishib, umuman mag‘lubiyatga uchramagan.

Ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlar tarixida qayd etilgan eng yirik hisob – 7:0. Bu natija 2009 yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qayd etilib, unda “Paxtakor” zafar quchgan edi.

“Paxtakor” va “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 6 iyul, yakshanba kuni 20:00da "Jar" stadionida boshlanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting