locale OZ

Prev'yu. «Neftchi» - OKMK

Bellashuv soat 18:15 da start oladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Prev'yu. «Neftchi» - OKMK
Фото: UzPFL

Superliganing 25-tur bellashuvida "Neftchi" turnir jadvalida 40 ochko bilan oltinchi o‘rinni egallab kelayotgan OKMK klubini qabul qiladi.

O‘zaro o‘yinlar statistikasi diqqat markazida. "Neftchi" jamosi OKMK klubi bilan milliy chempionat doirasida jami 31 marta to‘qnashgan bo‘lib, mazkur bellashuvlarning 14 tasida "Neftchi" ustunlik qilgan. 9 ta o‘yinda jamoalar durangga rozi bo‘lishgan va 8 ta uchrashuvda OKMK g‘alaba qozongan. Umumiy to‘plar nisbati — 53:41, farg‘onaliklar foydasiga.

O‘zaro o‘yinlarda "Neftchi"ning eng yirik g‘alabasi 4:0 hisobida qayd etilgan bo‘lsa, OKMKda bu ko‘rsatkich 3:0 hisobida qayd etilgan.

Farg‘onada bo‘lib o‘tgan so‘nggi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha:

26.05.2024. "Neftchi" – OKMK 1:0

31.03.2023. "Neftchi" – OKMK 2:2

02.11.2022. "Neftchi" – OKMK 1:3

31.10.2018. "Neftchi" – OKMK 1:1

05.04.2018. "Neftchi" – OKMK 1:3

Eslatib o‘tamiz, Superliganing 25-tur doirasida bo‘lib o‘tadigan "Neftchi" – OKMK" uchrashuvini Doston Rahmonov bosh hakam sifatida boshqarib boradi. Bellashuv soat 18:15 da start oladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting