locale OZ

Prev'yu: «Mash'al» — «Xorazm»

G‘uzorda bo‘lib o‘tadigan "Mash'al" — "Xorazm" uchrashuvini Rustam Lutfullin boshqarib boradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Prev'yu: "Mash'al" — "Xorazm"
Фото: Машъал ПФК

Superliganing 25-turida Muborakning "Mash'al" jamoasi Urganchning "Xorazm" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Uchrashuv rasmiylari
G‘uzorda bo‘lib o‘tadigan "Mash'al" — "Xorazm" uchrashuvini Rustam Lutfullin boshqarib boradi. Unga qanotlarda Sanjar Shoyusupov va Akmal G‘iyosov yordam beradi. Zaxira hakami — Feruzbek Xidoyatov. Hakamlarga Zokir Qodirov nazorat qiladi. Uchrashuv komissari — Feruz G‘aniyev.

O‘zaro o‘yinlar
"Mash'al" va "Xorazm" shu kungacha chempionat bahslarida 26 marta to‘qnash kelgan. G‘alabalar bo‘yicha "Mash'al" 13ta, "Xorazm" esa 5ta yutuqqa erishgan. 8 ta o‘yin durang bilan yakunlangan. Muborakliklar raqib darvozasini 38 bor ishg‘ol qilgan bo‘lsa, urganchliklar esa 27 gol urgan.

"Mash'al"ning o‘zaro o‘yinlarda qo‘lga kiritgan eng yirik g‘alabasi — 4:0. "Xorazm"ning ham eng yirik g‘alabasi shu hisob — 4:0.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting