Prevyu. “Mash’al” - “Paxtakor”
Superliga 16-turida "Sherlar" G‘uzorda "Mash’al" mehmoni bo‘lishadi.
Bahsni “sherlar”dan Bashar Resan sariq kartochkalar bilan bog‘liq diskvalifikatsiya sababli o‘tkazib yuboradi.
Chempionatlarda jamoalar o‘zaro 39 uchrashuvda to‘qnash kelgan. Ulardan 28tasida "Paxtakor", 5tasida "Mash’al" zafar quchgan. 6 bahsda kuchlar teng kelgan.
“Paxtakor” 81 ta to‘p kiritgan bo‘lsa, raqib 25 gol urishga erishgan. Muborakdagi 19 bellashuvda jamoamiz 10 g‘alaba, 5 durang va 4 mag‘lubiyat qayd etgan. Safarda 26 ta to‘p kiritgan "Paxtakor" o‘z darvozasidan 16 gol o‘tkazib yuborgan.
"Mash’al" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 1-avgust, juma kuni G‘uzordagi "Markaziy" stadionda soat 20:00da boshlanadi.