Prevyu. «Dinamo» - «Andijon»
Ertaga Superliganing 21-turidan qoldirilgan "Dinamo" hamda "Andijon" uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Bu jamoalarning o'zaro statistikasi shuni ko'rsatmoqdaki, ular 45 marta maydonda to'qnash kelishgan. Ulardan 19 tasida "Dinamo", 16 uchrashuvda esa "Andijon" g'alaba qozongan. Yana 10 o'yin durang bilan yakunlangan. To'plar nisbati 67\59 samarqandliklar foydasiga.
Birinchi davrada Andijondagi bellashuvda "Dinamo" 1:2 hisobida g'alaba qozongan. Qolaversa, jamoalar bu yil Kubok doirasida ham Andijonda to'qnash kelishgan va o'shanda 1:1 natija qayd etilgan. Navbatdagi to'qnashuv bu yil hisobidan uchinchi o'yinga aylanadi.
O'tgan yili Samarqanddagi o'yinda kuchlar teng kelgan - 1:1. Undan oldingi safar o'yini 2019-yilga to'g'ri keladi va unda "Andijon" 0:1 hisobida zafar quchgan. "Burgutlar" Samarqanddagi o'yinlarning 6 tasida durang va 2 tasida g'alaba qozongan.
Umid qilamizki, navbatdagi o'yinda ham jamoamiz muxlislarini xursand qiladi va bo'lajak bahsda jamoamizga omad tilaymiz.
Eslatib o'tamiz, "Dinamo" - "Andijon" uchrashuvi ertaga soat 16:00 da boshlanadi.