locale OZ

Prevyu. «Andijon» - «Paxtakor»

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Prevyu. «Andijon» - «Paxtakor»
Photo: Andijan PFK

Superliganing 20-turida "Andijon" "Bobur arena"da Toshkentning "Paxtakor" klubini qabul qiladi. Hozirda barcha e'tibor bo'lajak bellashuvga qaratilgan.

Joriy mavsumning birinchi davrasida Toshkentdagi "Jar" stadionida bo'lib o'tgan uchrashuvda "burgutlar" "Paxtakor" ustidan 2:3 hisobida g'alaba qozongan.

Andijonda o'tadigan navbatdagi uchrashuv ikkala jamoaning O'zbekiston chempionatidagi 58-to'qnashuviga aylanadi. "Andijon"da 7, "Paxtakor"da 41 g'alaba bor. Yana 9 ta uchrashuvida durang natijasi qayd etilgan. To'plar nisbati 42\134 "Paxtakor" foydasiga.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting