locale OZ

Prevju. \"Andijon\" - \"Bunyodkor\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Prevju. "Andijon" - "Bunyodkor"
Photo: Andijan PFK

“Andijon” jamoasi birinchi davraning so‘nggi turini “Bobur arena”da Toshkentning “Bunyodkor” klubiga qarshi o‘tkazishidan xabaringiz bor.

Jamoalarning o‘zaro o‘yinlar tarixiga keladigan bo‘lsak, hozirgacha milliy chempionatda 28 bor bellashishgan. “Andijon”da 1, “Bunyodkor”da 21 g‘alaba bor. 6 ta uchrashuvda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati 14\55 “Bunyodkor” foydasiga.

“Andijon” “Bunyodkor” ustidan ilk g‘alabasini o‘tgan yilgi mavsumda qo‘lga kiritgani muxlislarning yodida bo‘lsa kerak. O‘shanda “Andijon” 5:1 hisobida raqibini tor-mor keltirgan.

Eslatib o‘tamiz, “Andijon” – “Bunyodkor” o‘rtasidagi bahs 5 iyul kuni “Bobur arena”da soat 20:00 da boshlanadi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting