locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Previyu. “Qizilqum” - “Navbahor”

Futbol 03 may 2025 da 09:00
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Previyu. “Qizilqum” - “Navbahor”
Photo: FCNAVBAHOR

O‘zbekiston Superligasining 8-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” safarda “Qizilqum” (Navoiy) mehmoni bo‘ladi.

Mazkur jamoalarning Superliga (oliy liga)dagi o‘zaro o‘yinlari statistikasi bo‘yicha, ushbu klublar 50 bor to‘qnash kelishgan. Bu bahslarda “Navbahor” 22 marta, “Qizilqum” esa 14 bor g‘alaba qozongan, yana 14 uchrashuvda durang qayd etilgan.

To‘plar nisbati bo‘yicha ustunlik namanganliklar tomonida – 69-49. O‘zaro o‘yinlarda “Navbahor” 80, “Qizilqum” esa 56 ochkoni qo‘lga kiritgan.

Namanganliklarning navoiyliklar ustidan eng yirik hisobdagi g‘alabalari 4:0 va 5:1 natijalari bilan qayd etilgan bo‘lsa, “Qizilqum”ning bu boradagi eng yaxshi natijasi 3:0 ga teng.

Jamoalarning barcha o‘yinlari natijalari quyidagicha:
2000 yil
“Zarafshon” – “Navbahor” – 0:2
“Navbahor” – “Zarafshon” – 1:2
2001 yil
“Navbahor” – “Zarafshon” – 1:0
“Zarafshon” – “Navbahor” – 3:1
2002 yil
“Zarafshon” – “Navbahor” – 1:1
“Navbahor” – “Zarafshon” – 4:0
2003 yil
“Navbahor” – “Zarafshon” – 2:2
“Zarafshon” – “Navbahor” – 0:2
2004 yil
“Navbahor” – “Zarafshon” – 5:2
“Zarafshon” – “Navbahor” – 2:2
2005 yil
“Zarafshon” – “Navbahor” – 1:1
“Navbahor” – “Zarafshon” – 2:1
2006 yil
“Navbahor” – “Qizilqum” – 1:1
“Qizilqum” – “Navbahor” – 3:0
2007 yil
“Navbahor” – “Qizilqum” – 1:2
“Qizilqum” – “Navbahor” – 0:1
2008 yil
“Qizilqum” – “Navbahor” – 1:1
“Navbahor” – “Qizilqum” – 1:1
2009 yil
“Qizilqum” – “Navbahor” – 1:0
“Navbahor” – “Qizilqum” – 1:1
2010 yil
“Qizilqum” – “Navbahor” – 1:0
“Navbahor” – “Qizilqum” – 1:1
2011 yil
“Qizilqum” – “Navbahor” – 0:0
“Navbahor” – “Qizilqum” – 3:0
2012 yil
“Navbahor” – “Qizilqum” – 0:0
“Qizilqum” – “Navbahor” – 1:1
2013 yil
“Qizilqum” – “Navbahor” – 0:1
“Navbahor” – “Qizilqum” – 1:0
2014 yil
“Qizilqum” – “Navbahor” – 3:1
“Navbahor” – “Qizilqum” – 2:0
2015 yil
“Qizilqum” – “Navbahor” – 3:2
“Navbahor” – “Qizilqum” – 2:1
2016 yil
“Qizilqum” – “Navbahor” – 1:0
“Navbahor” – “Qizilqum” – 0:2
2017 yil
“Qizilqum” – “Navbahor” – 2:1
“Navbahor” – “Qizilqum” – 3:2
2018 yil
“Navbahor” – “Qizilqum” – 3:0
“Qizilqum” – “Navbahor” – 2:0
2019 yil
“Qizilqum” – “Navbahor” – 1:2
“Navbahor” – “Qizilqum” – 0:1
2020 yil
“Navbahor” – “Qizilqum” – 1:0
“Qizilqum” – “Navbahor” – 0:2
2021 yil
“Qizilqum” – “Navbahor” – 1:1
“Navbahor” – “Qizilqum” – 0:0
2022 yil
“Qizilqum” – “Navbahor” – 1:2
“Navbahor” – “Qizilqum” – 1:0
2023 yil
“Navbahor” – “Qizilqum” – 3:0
“Qizilqum” – “Navbahor” – 1:2
2024 yil
“Navbahor” – “Qizilqum” – 0:0
“Qizilqum” – “Navbahor” – 1:5.

“Oltin qazuvchilar” shu kungacha o‘z maydonida (o‘tgan yildagi o‘yin Qarshida bo‘lib o‘tgandi) bo‘lib o‘tgan 25 ta uchrashuvning 9 tasida g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, 7 o‘yinda durang qayd etilgan, 9 ta bahsda esa “lochlar” zafar quchishgan. To‘plar nisbati – 31-30, “Navbahor” foydasiga.

Yana shuni ham ta’kidlash joizki, “Navbahor” so‘nggi 6 mavsumdan buyon “oltin izlovchilar” maydonidan ochko bilan qaytmoqda, jamoamiz ushbu o‘yinlarda 5 ta g‘alaba va 1 ta durangni qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, “Qizilqum” – “Navbahor” uchrashuvi 4 may kuni Navoiydagi “Yoshlar” sport majmuasida soat 19:00 da start oladi.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting