Previyu. \"Andijon\" - \"Qizilqum\"
Bu jamoalar bugun o‘zaro to‘qnash kelishadi.
Futbol
19 iyn 2025
da
07:45

Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist

Photo: Andijan PFK
Bugun Superliganing 13-turiga start beriladi. “Andijon” o‘z maydonida Navoiyning “Qizilqum” klubini qabul qiladi.
Jamoalarning O‘zbekiston chempionatidagi ilk o‘yini 2000 yildan boshlangan va shu kunga qadar klublar 40 marta to‘qnash kelishgan. “Andijon”da 14, “Qizilqum”da 18 g‘alaba bor. 8 ta bahsda durang kuzatilgan. To‘plar nisbati 52\62 “Qizilqum” foydasiga.
Klublar so‘nggi bor o‘tgan yilning 10 noyabr kuni “Bobur arena”da bellashishgan va unda hisob ochilmagan – 0:0. Birinchi davradagi bahs esa jangovar tarzda o‘tib, unda 3:3 natijasi qayd etilgan. “Andijon” raqibini Superliga doirasida oxirgi marta 2023 yilning 22 may kuni mag‘lub etgan – 2:0.
Mashhur yangiliklar

Futbol
Bugun da 15:36

Futbol
Bugun da 13:31

Futbol
Bugun da 09:57
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting